» » O‘zbekiston avtomobillarni arzon narxda eksport qilish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga chek qo‘ydi

O‘zbekiston avtomobillarni arzon narxda eksport qilish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga chek qo‘ydi


O‘zbekiston avtomobillarni arzon narxda eksport qilish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga chek qo‘ydi, deb yozadi Spot.

May oyida Rossiyada Ravon avtomobillari yetishmovchiligi kuzatildi. Buning sababi esa narxlar va biznes modellardagi o‘zgarish ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Iyun oyi oxirida O‘zbekiston Prezidenti “O‘zavtosanoat”ni tanqid qildi. Xususan, tizimning turli darajadagi rahbariyatida korrupsiya, poraxo‘rlik holatlari yuzaga kelgani, avtomobillar xorijiy mamlakatlarga tannarxidan arzon narxda eksport qilinayotgani ham aytib o‘tildi.

O‘sha oyda o‘tkazilgan monitoring Rossiyada eng arzon xorijiy avtomobil Ravon R2 bo‘lib, uning boshlang‘ich narxi 439 ming rubl (6,9 ming dollar) ekanligini ko‘rsatdi. Undan keyingi o‘rinni esa Ravon Nexia egalladi. Uning boshlang‘ich narxi esa 449 ming rublni ( 7,1 ming dollar) tashkil etdi.

Avgust oyida GM Uzbekistan avtomobillarining savdosi nafaqat O‘zbekiston, balki xorijda ham to‘xtatib qo‘yildi. Shu oyning oxiridayoq sotuv jarayoni yangi narxlar bilan (Narxlar alohida avtomobil modellari uchun o‘rtacha 7,7 foizga qimmatlashdi) qayta tiklandi.

Xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi qayta tiklanishi kutilgan edi. Biroq bunday bo‘lmadi. “O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov o‘shanda eksport foyda keltirmayotgani uchun to‘xtatilganini aytgan edi.

Rossiya va Qozog‘istonda Ravon avtomobillari to‘rt oydan ko‘proq sotilmadi. Oktabr oyining oxirida avtomobillar yana eksport qilina boshlandi, o‘shanda ularning narxi oshishi haqida xabarlar tarqaldi.

Noyabr oyining oxirida bu o‘z tasdig‘ini topdi. Agar oktabrda Qozog‘istondagi Ravon saytida narxlar haqida ma’lumot joylashtirilmagan bo‘lsa, noyabrning ilk kunlarida Nexia Ravon 3 4,5 million tenge (12 ming dollar atrofida) evaziga sotuvga chiqarildi.

Taqqoslash uchun, may oyida savdo to‘xtaguniga qadar ushbu modelning narxi 2,8 million tenge (7,5 ming dollar) bo‘lgan.

Narxdagi deyarli 5 ming dollarlik farq ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini g‘azablantirdi.

Xususan, Qozog‘iston va Rossiya aholisi Ravon’ning ustunliklaridan biri uning arzonligi bo‘lganini, endilikda ushbu ustunlik yo‘qligini qayd etdi. Ma’muriyat esa bu kompaniya siyosati ekanligini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari O‘zbekiston avtomobillari arzon bo‘lgan davrlar o‘tib ketgani va u davrning endi qaytmasligini yozib qoldirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют