» » Innovatsion rivojlanish vazirligi Cambridge Accelerate bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Cambridge Accelerate bilan hamkorlik memorandumini imzoladi


Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Kembridj innovatsion parkining Xitoy markazi (Cambridge Accelerate) o‘rtasida hamkorlik memorandumi tuzildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Memorandumni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Cambridge Accelerate muassisi va bosh direktori Jenni Vong imzoladi.

Tomonlar hamkorlikda ta’lim va ilmiy-tadqiqot dasturlarini bajarish, ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar va innovatsion texnologiyalarni almashinish, talabalar va o‘qituvchilar o‘zaro almashinuvini amalga oshirish, yangi turdagi texnika va texnologiyalarni yaratish hamda o‘zlashtirishga kelishib oldi. Jenni Vong tijoratlashtirish bo‘yicha biznes modellarni rivojlantirish, startap loyihalar, jumladan venchur kapitalini shakllantirish bo‘yicha maslahatlar berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Kembridj innovatsion parkining Xitoy markazi faoliyati Buyuk Britaniya va Xitoy kompaniyalarining hamkorligini rag‘batlantirishga qaratilgan. Markaz Angliyaning Kembridjshir grafligida joylashgan bo‘lib, mazkur texnoparkda ko‘plab yirik kompaniyalar faoliyat yuritishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют