» » Toshkentda 8 kun ichida 3251 marta yo‘l harakati qoidalari buzilganlik holatlari qayd etildi

Toshkentda 8 kun ichida 3251 marta yo‘l harakati qoidalari buzilganlik holatlari qayd etildi


Toshkent shahrida 29-oktabrdan 5-noyabrgacha bo‘lgan 8 kun ichida YHXB xodimlari 3251 marta yo‘l harakati qoidalari buzilganlik holatlarini qayd etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

1075 ta qoidabuzarlik haydovchilar xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qayd etildi. 8 kun ichida YPX inspektorlari 115 nafar haydovchilar tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqarganliklarini aniqladi. Ular qatorida: majburiy sug‘urta polisi bo‘lmagan 33 yoshli Dilshod R. (Mercedes-Benz avtomobili, davlat raqami 01 Z 359 XA), haydovchilik guvohnomasi va talonisiz avtomobil boshqargan 20 yoshli Salohiddin T. (Nexia-3, davlat raqami 30 W 021 OA) va 32 yoshli Aziz D. (Spark, davlat raqami 01 R 793 MA). 46 kishi spirtli ichimlik ta’siri ostida transport vositasini boshqargan.  Epica avtomashinasini boshqargan 37 yoshli Doniyor X. (davlat raqami 01 Н 713 АВ) va Lacetti rusumli mashinani boshqargan (davlat raqami 01 778 ТТЕ) 42 yoshli Igor S. shular qatoridan.

Bundan tashqari, 29-oktabrdan 5-noyabrgacha YPX inspektorlari 51 ta avtotransport boshqaruvi davomida mobil telefondan foydalanilgan holatlarini, 58 ta svetoforning taqiqlovchi signaliga o‘tib ketilganlik holatlarini va 17 ta tegishli ruxsatsiz oynalari qoraytirilgan avtotransportlarni aniqladi.

Sakkiz nafar haydovchilar YPX inspektorining to‘xtash to‘g‘risidagi belgisiga bo‘ysunmagan. Ulardan biri – Nexia-3 avtomobilida harakatlangan 21 yoshli Javoxir A. (davlat raqami 01 Е 171 ВВ).

Nihoyat, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129 moddasiga (“Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi”) asosan 6 nafar haydovchilarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. Ular qatorida: 27 yoshli Farhod X. (Range Rover, davlat raqami 01 X 722 WА), 38 yoshli Miraziz E. (Range Rover, davlat raqami 01 С 421 СВ), 26 yoshli Shahzodbek A. (Mercedes-Benz, davlat raqami 01 W 441 АВ), 38 yoshli Yusufjon A. (Mercedes-Benz, davlat raqami 01 Е 046 СВ).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют