» » Murodjon Ahmadaliyev 24-noyabrda prof ringdagi 5-jangini o‘tkazadi, raqib amerikalik

Murodjon Ahmadaliyev 24-noyabrda prof ringdagi 5-jangini o‘tkazadi, raqib amerikalik


Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi beshinchi jangini joriy yilning 24-noyabr kuni AQShda o‘tkazadi.

Atlantik Sitidagi Hard Rock Hotel & Casino arenasida o‘tkaziladigan jangda o‘zbekistonlik bokschiga amerikalik Isak Zarate raqiblik qiladi. Ushbu jangda Ahmadaliyev o‘zining WBA InterContinental kamarini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi faoliyati davomida 4 marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarning 3 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan.

Zarate esa 22 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alabaga erishgan. 3 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Yana 3 ta jangda esa durang qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют