» » Og‘ir atletika. Rustam Jangabayev jahon chempionatida 2 ta bronza medaliga ega chiqdi

Og‘ir atletika. Rustam Jangabayev jahon chempionatida 2 ta bronza medaliga ega chiqdi


10-noyabr, shanba kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi.

Musobaqalarning so‘nggi kunida +109 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazildi. Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini Rustam Jangabayev himoya qildi.

Rustam dast ko‘tarishda 202 kg natija ko‘rsatdi va to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Siltab ko‘tarishda esa 245 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ikkikurash yakuniga ko‘ra 447 kg natija ko‘rsatgan Rustam bu borada ham bronza medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa Turkmanistondagi jahon chempionati yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi a‘zolari musobaqa davomida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Atletlar 12-noyabr, dushanba kuni O‘zbekistonga qaytib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют