» » Superliga. “Paxtakor” “Metallurg”ni, “Navbahor” esa “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Paxtakor” “Metallurg”ni, “Navbahor” esa “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi


10-noyabr, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasi 30-turidan o‘rin olgan 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Xususan, yuqori oltilikda chempionlik uchun kurashayotgan “Paxtakor” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabu qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Tiago Bezerra hamda Bahrom Abdurahimov bittadan gol muallifiga aylandi. Mehmonlardan esa Abror Xusinov gol urishga erishdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” 34 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, peshqadamlik qilayotgan “Lokomotiv”da 40 ochko mavjud.

Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 64-daqiqada penaltidan kiritildi. Gol muallifi Ro‘zimboy Ahmedov bo‘ldi. Bu g‘alabadan so‘ng “Navbahor” 28 ochko bilan 3-o‘rindagi mavqeyini mustahkamlab olgan bo‘lsa, “Bunyodkor” esa 24 ochko bilan 4-o‘ringa joylashdi.

Quyi oltilikdagi “Qizilqum” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi bahsda 2:0 hisobi qayd etildi. “Qizilqum” safidagi gollar Erkin Boydullayev hamda Artur Gevorkyan hisobiga yozildi.

Pepsi Superliga

30-tur bellashuvlari

10-noyabr, shanba

Gollar: 1:0 — 69 Tiago Bezerra, 2:0 — 81 Bahrom Abdurahimov, 2:1 — 90+3 Abror Xusinov.

Gol: 1:0 — 64, penalti Ro‘zimboy Ahmedov.

Gollar: 1:0 — 59 Erkin Boydullayev, 2:0 — 80 Artur Gevorkyan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют