» » Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga agrologistika markazlarini qurish uchun 197 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga agrologistika markazlarini qurish uchun 197 mln dollar ajratadi


Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga agrologistika markazlari (ALM) qurilishi uchun 197 mln dollar miqdorida kredit taqdim etadi. Agrologistika markazi yangi va qayta ishlangan meva va sabzavotlar saralash, saqlash hamda yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

OTB agrologistika markazlarini qurish uchun 25 yil muddatga 5 yillik imtiyoz bilan kredit ajratadi. Kredit davlat budjeti hisobidan to‘lanadi.

O‘z navbatida O‘zbekiston ham loyihaga 47,75 mln dollar miqdorida sarmoya ajratadi. Sarmoya 39,15 mln dollar soliq va bojxona to‘lovlaridagi imtiyozlar, 8,60 mln dollar esa investitsiya davri mobaynida moliyaviy xarajatlarni qoplash shaklida taqdim etiladi.

Agrologistika markazlari Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida quriladi. Qurilish loyihasini 2023-yilda yakunlash rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, ALM qurilishi yakunlanganidan so‘ng mazkur hududda erkin iqtisodiy zona yaratish taklif etilmoqda.

Mavzuga doir: Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda birinchi tibbiy-sanitar yordamni rivojlantirishga 45 mln dollar ajratdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют