» » Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi


Afg‘oniston markaziy qismidagi G‘azni viloyatida “Tolibon” jangarilar harakati hujumi oqibatida 25 kishi o‘ldirildi, 17 kishi jarohat oldi. Bu haqda 1TV telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Toliblar hujumi Jaguri okrugida 11-noyabrga o‘tar kechasi yuz berganligi ma’lum qilinmoqda. Halok bo‘lganlar orasida o‘n nafar xavfsizlik kuch xodimi va 15 nafar tinch aholi vakili bor.

Afg‘oniston mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va “Tolibon” harakati o‘rtasida qarama-qarshilik davom etib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют