» » Lion Motors avtosaloni xaridorlar o‘rtasida Chevrolet Tracker va maishiy texnikalarni yutuqli o‘yinga qo‘yadi. Avtomobil uchun shartnomani uydan chiqmasdan rasmiylashtirish mumkin

Lion Motors avtosaloni xaridorlar o‘rtasida Chevrolet Tracker va maishiy texnikalarni yutuqli o‘yinga qo‘yadi. Avtomobil uchun shartnomani uydan chiqmasdan rasmiylashtirish mumkin


Lion Motors avtosaloni mijozlar uchun ajoyib aksiya e’lon qiladi. GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobil modellaridan birini xarid qilgan barcha ishtirokchilar o‘rtasida Chevrolet Tracker yutuqli o‘yinga qo‘yiladi. Aksiya 12-noyabr kuni boshlanadi va 2019-yilning 12-fevraligacha davom etadi. Super sovrin — Chevrolet Tracker avtomobili aksiya mobaynida GM Uzbekistan avtomobillaridan birining xaridi uchun Lion Motors avtosaloni bilan shartnoma tuzgan ishtirokchilar orasida o‘ynaladi.

Super sovrin bilan bir qatorda har oyda Lion Motors mijozlar orasida 3 ta Artel televizori, 3 ta 2 kamerali Artel muzlatgichi, 3 ta zamonaviy Artel kir yuvish mashinasi kabi maishiy texnikalarni ham yutuqli o‘yinga qo‘yadi. Oraliq (oylik) o‘yinlar g‘oliblari super sovrin – Chevrolet Tracker avtomobili uchun o‘yinda ham ishtirok etish huquqini saqlab qolishadi.

Aksiya jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal qiladi. Aksiya davomida bir nechta avtomobil xarid qilinganida g‘alaba uchun imkoniyatlar ortadi.

Aksiyada qatnashish shartlari oddiy:

Aksiya * 12.11.2018 dan 12.02.2019 gacha o‘tkaziladi

Umumiy sovrin jamg‘armasi: 9 ta Artel muzlatgichi, 9 ta Artel kir yuvish mashinasi, 9 ta Artel televizori, Chevrolet Tracker avtomobili.

Aksiyada ishtirok etish orqali www.lionmotors.uz saytida chop etilgan ommaviy ofertaga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Aksiyada Angrendagi yagona Lion Motors avtosaloni yoki www.lionmotors.uz saytida avtomobil xaridi uchun bevosita shartnoma tuzgan xaridorlar ishtirok etishi mumkin. Rasmiy sayt orqali xarid qilinganda shartnoma bo‘yicha mablag‘ning 85% miqdori to‘langach, avtosalon xodimi tomonidan ishtirok etish uchun so‘rovnoma to‘ldiriladi. Shundan so‘ng xaridor avtomatik tarzda aksiya qatnashchisiga aylanadi.

Har oydagi o‘yinlar g‘oliblari maxsus tashkil etilgan tadbirda lototrondan kupon tortish orqali aniqlanadi. Super sovrin o‘yini 2019-yilning 13-fevral kuni Lion Motors (Angren) avtosalonida bo‘lib o‘tadi.

Avtosalon manzili: Angren shahri, Ohangaron ko‘chasi 27 a uy.

Aksiyaga taalluqli barcha ma’lumotlarni quyidagi raqamlar orqali olishingiz mumkin:

+998 97 429-57-57

+998 71 202-57-57

+998 71 203-57-57

+998 99 403-57-57

+998 99 408-57-57

+998 99 443-57-57

+998 99 798-57-57

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют