» » Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiydirgan yigitlar ushbu qilmishiga izoh berdi (video)

Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiydirgan yigitlar ushbu qilmishiga izoh berdi (video)


“Yoshlar” telekanalining “Yangi davr” ko‘rsatuvida Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiydirib, unga musht tushirgan yigitlar haqida lavha efirga uzatildi, deb yozadi Repost.

Voqea may oyida Samarqanddagi “Shodiyona” savdo markazida yuz bergan. Biroq, ayblanuvchilar ushbu voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, noyabr oyida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan uch nafar ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha ular uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Video muallifi Anvar Mardonov voqea haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:

“Halima xola chekkaroq joyga borganida Rahmatjon uning boshiga chelak kiydirdi, Shirinbek uning boshiga musht bilan tushirdi. Men esa bu voqeani qanday videoga olganimni ham tushunmay qoldim. Qilgan ishimdan afsusdaman”.

Mavzuga doir: Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiygizib, musht tushirgan yigitlar qo‘lga olindi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют