» » Crystal savdo markazining tiklanishi

Crystal savdo markazining tiklanishi


Yong‘inga duch kelgan Crystal savdo markazi (SM) haqida tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Joriy yilning iyul oyida Yunusobod tumanidagi Crystal savdo markazi binosida yong‘in yuz bergan edi. Garchi yong‘in bartaraf etilgan bo‘lsa-da, SM mulkiga jiddiy zarar yetgan edi. Olov 3-4-qavatlar shipiga (1480 m2), tomga va tomdagi konditsionerlarga, shuningdek, SM binosining tashqi qismiga ham shikast yetkazgan edi.

Savdo markazi Toshkentning Yunusobod tumanida (15-daha) joylashgan bo‘lsa-da, alanga shaharning turli nuqtalaridan ko‘rindi. Noxush hodisa 2018-yil 12-iyulda sodir bo‘lgan, 13-iyulda esa, sug‘urta hodisasi yuzaga kelgani haqida ma’lum qilindi. Crystal savdo markazi Euroasia Insurance kompaniyasida sug‘urta qilingani haqida ta’kidlab o‘tmoqchimiz.

Sug‘urta kompaniyasi tomonidan yong‘in oqibatida yuzaga kelgan ziyon qoplab berildi. Mana shu tufayli, savdo markazi avvalgi tartibda o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Crystal savdo markazi direktori Ulug‘bek Usmonbekov: “Men sug‘urta kompaniyasining ko‘rilgan ziyonni qoplab berishiga ishonmagan va biznesim poyoniga yetdi, deb o‘ylagan edim. Mol-mulkimni mana shu kompaniyada sug‘urta qildirgan edim. Qisqa vaqtlar ichida menga yong‘indan ko‘rilgan ziyon to‘liq qoplab berildi va endilikda men Euroasia Insurance sug‘urta kompaniyasi bilan birgalikda o‘z biznesimni yanada rivojlantirishni rejalashtirishim mumkin”.

Euroasia Insurance sug‘urta kompaniyasi sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish va sug‘urta tovonlarini to‘lash tezkorligi bo‘yicha sug‘urta bozorida boshqa kompaniyalardan ajralib turadi. 2017-yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra, kelib tushgan arizalarning 95 foizi ijobiy yechim topgan. 2018-yil ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘urta hodisalari bo‘yicha murojaatlarning 96 foizi ham ijobiy hal etilgan.

O‘zbekistonda sug‘urta to‘g‘risidagi axborotlarni www.eai.uz saytidan va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan bilib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют