» » O‘zbekistonda barcha sport inshootlarining onlayn monitoring tizimi yaratildi

O‘zbekistonda barcha sport inshootlarining onlayn monitoring tizimi yaratildi


Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi tomonidan O‘zbekistondagi barcha sport inshootlari haqidagi ma’lumotlar jamlangan onlayn tizim yaratildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Vazirlikning stat.sport.uz domeni ostida axborot tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizim orqali ayni vaqtda O‘zbekistonning barcha hududlarida qurilish-ta’mirlashda obyektning shartnoma qiymati, moliyalashtirilgan mablag‘lari, bajarilgan ishlar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdekm har bir amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fotosuratlar hamda izohlarni onlayn kuzatib borish imkoniyatidan foydalanish mumkin.

Shu bilan birga ushbu tizim orqali Respublika investitsiya dasturi hamda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgan obyektlarning kunlik monitoringi;

– Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sport inshootlari va muassasalari haqida ma’lumot;

– Respublikada faoliyat yuritayotgan murabbiylar, ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining (instruktor) sifat tarkibi monitoringi va tahlili haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

(https://stat.sport.uz) monitoring tizimi viloyat va tumanlardagi ishlarning borishini kuzatish, ta’mir va qurilish ishlari rejalarining bajarilishi bo‘yicha hududlar reytingini tuzishga imkon yaratadi.

Shuningdek, kelajakda mazkur axborot tizimini yanada boyitish maqsadida ommaviy sport tadbirlari, xalqaro musobaqalar va turnirlar, Jahon va Osiyo chempionatlarini o‘tkazish rejalari hamda ularning tahliliy natijalari to‘g‘risidagi qiziqarli ma’lumotlarni joylab borish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют