» » O‘zLiDeP faollariga tashakkurnomalar berildi

O‘zLiDeP faollariga tashakkurnomalar berildi


Samarqandda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 15 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti”, “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” va “Xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi eng faol deputat” tanlovining viloyat bosqichi hamda mazkur tanlov doirasida partiya Samarqand viloyati kengashi tomonidan e’lon qilingan bir qator nominatsiya va aksiyalar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari, partiya faollari, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda bundan 15 yil avval yurtimizdagi kichik biznes subyektlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishbilarmonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilishni maqsad qilib maydonga chiqqan siyosiy kuch – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bugun mamlakatimiz hayotida o‘zining munosib o‘rnini topganligi qayd etildi.

Jumladan, Samarqand viloyatida ayni paytda partiya a’zolar 64 ming nafardan ko‘proqni tashkil etmoqda. 1200 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari samarali faoliyat olib bormoqda. Partiya tuzilmasidagi “Ayollar qanoti”, “Yoshlar qanoti”da ham minglab faol xotin-qizlar va yoshlar jam bo‘lib, muhim g‘oya va tashabbuslar bilan chiqmoqda. Mahalliy kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida dasturlar ishlab chiqishda faol qatnashmoqda.

Tadbirda 96 nafar partiya faollariga O‘zLiDePning 15 yilligi munosabati bilan tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbir doirasida samarqandlik tadbirkor va fermerlarning ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlari ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 07:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют