» » Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogistonda ish orinlarini kopaytirish boyicha topshiriqlar berdi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogistonda ish orinlarini kopaytirish boyicha topshiriqlar berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Qanlikol tumanida bunyod etilgan Kanteks invest toqimachilik korxonasi bilan tanishdi. Bu haqda Ozbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarining Qoraqalpogiston Respublikasiga avvalgi tashriflari chogida Qanlikol tumanigaon million yevro investitsiya kiritib, yirik toqimachilik korxonasi tashkil etish loyihasi taqdim etilgan edi. Otgan vaqt mobaynida korxona uchun 10 gektar yer ajratilib, bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi. Korxonani barpo etish yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda tajribali bolgan Kanteks invest mauliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi. Natijada 23 million yevro investitsiya kiritilib, yaydoq yerda zamonaviy toqimachilik fabrikasi qad rostladi.

Ayni paytda korxonaga Germaniya, Shveysariya, Turkiya va Hindistondan songgi rusumdagi toqimachilik dastgohlari keltirilgan bolib, ularni ornatish va montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

Loyiha qiymati 38,7 million AQSh dollari bolgan korxonani kelasi yil birinchi choragida ishga tushirish moljallanmoqda. Bu yerda dastlabki bosqichda yiliga 11 ming tonna dunyo talablariga javob beradigan sifatli ip-kalava ishlab chiqariladi. Navbatdagi bosqichda toqimachilik matosi tayyorlash, 2021-yilda amalga oshiriladigan songgi bosqichda mato boyash va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish yolga qoyiladi.

Korxona tola quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 25 million AQSh dollaridan ziyod mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Prezident korxonaning ishlab chiqarish jarayonini kozdan kechirdi, tasischilari bilan suhbatlashdi.

650 ga yaqin mahalliy aholi ish bilan taminlanadigan korxonada bugungi kunda ishchilar tanlab olinib, shu yerning ozida tashkil qilingan oquv xonalarida oqitilmoqda, shuningdek, mamlakatning boshqa hududlaridagi korxonalarda malaka oshirilmoqda.

Prezident bunday korxonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad ish orinlari yaratish ekani, mamlakatning chet ellardagi elchixonalari bilan birgalikda texnologiya olib kelib, korxonalarni yanada kopaytirish zarurligini takidladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-11-2018, 19:45)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -