» » Andijonda qo‘lbola isitish moslamalari savdosiga chek qo‘yildi

Andijonda qo‘lbola isitish moslamalari savdosiga chek qo‘yildi


Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari savdo shoxobchalari, buyum bozorlariga chiqib, sotuvchilar, mutasaddilar bilan suhbatlar o‘tkazmoqda, qo‘lbola isitish moslamalarini sotish mumkin emasligi tushuntirilmoqda, deb yozadi O‘zA.

“Olib borilayotgan tushuntirish, targ‘ibot ishlari va ogohlantirishlarga qaramay ayrim shaxslarning qo‘lbola isitish moslamalari bilan savdo qilayotganligini aslo oqlab bo‘lmaydi, — deydi Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi katta inspektori Dilmurod Parpiyev. — Xodimlarimiz tomonidan bunday shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda”.

Fuqaro Muhammadqodir Yusupov Andijon shahri “Bozor” ko‘chasida joylashgan do‘konida noqonuniy tarzda qo‘lbola pech savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 dona 810 ming so‘mlik qo‘lbola isitish jihozi olib qo‘yildi.

Xuddi shunday yo‘l tutgan paxtaobodlik Saideshon Dadaxonovdan ham 1 million 100 ming so‘mlik qo‘lbola isitish moslamalari daliliy ashyo sifatida olindi. Shuningdek, fuqarolar Mirzohid Rasulov va Zuhriddin Usmonov Shahrixon tumani “Dehqon” bozori rastalarida noqonuniy tartibda isitish pechlari sotayotgani ma’lum bo‘ldi. Soliq xodimlari ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, faoliyatlarini qonuniylashtirish bo‘yicha ogohlantirish berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют