» » Rossiyalik ekspert AQShning bo‘lajak kosmik kuchlari moliyalashtirilishini baholadi

Rossiyalik ekspert AQShning bo‘lajak kosmik kuchlari moliyalashtirilishini baholadi


AQSh kosmik kuchlarini shakllantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar birinchi navbatda tashkiliy-shtat tuzilmasiga va orbital jangovar tizimlarni yaratish va ishlab chiqarish sohasidagi kompaniyalarni kuchaytirishga sarflanadi. “Natsionalnaya oborona” jurnalining bosh muharriri Igor Korotchenko shunday fikrda, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Avvalroq AQSh mudofaa vazirining o‘rinbosari Patrik Shenaxanga tayanib, mamlakat kosmik kuchlarini tuzish 5—10 milliard dollar talab qilishi haqida xabar berilgan. Undan avval esa bu vazifani amalga oshirish dastlabki besh yilda 13 milliard dollarni talab qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ekspertning fikricha, ayni vaqtda AQShga qurolli kuchlarning yangi ko‘rinishini shakllantirish muhim hisoblanadi. Bunda yaqin vaqt ichida jangovar kosmik tizimlarni, shu jumladan, zarba beruvchi tizimlarni tayyorlash va rivojlantirish ko‘zlanadi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, jangovar kosmik tizimlarni yaratish sohasida harbiy sanoat kompleksi korxonalarini kuchaytirish uchun yangi tashkiliy-shtat tuzilmasi, shuningdek, jangovor tizimni boshqarish ideologiyasi zarur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют