» » NYT: Tramp vitse-prezident Pensning sadoqatiga shubha qilmoqda

NYT: Tramp vitse-prezident Pensning sadoqatiga shubha qilmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp so‘nggi vaqtlarda o‘z maslahatchilaridan ular mamlakat vitse-prezidenti Mayk Pensning sadoqatliligiga ishonish-ishonmasliklarini tez-tez so‘ramoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

Gazeta manbalari bergan ma’lumotga ko‘ra, AQSh prezidenti ushbu savolni “ko‘p marta” takrorlagani bois prezident administratsiyasi a’zolari orasida xavotir uyg‘ongan. Tramp vitse-prezidentni ishdan olish haqida gapirmagan bo‘lsa-da, maslahatchilarning fikricha, ushbu savolning tez-tez ko‘tarilayotgani vitse-prezidentga nisbatan nafrat o‘sib borayotgani dalilidir.

Xabar berishlaricha, bir qator amaldorlar Mayk Pensning sadoqatli ekaniga Trampni ishontirishga harakat qilmoqda, biroq ayrim maslahatchilar, ayniqsa, Oq uyda ishlamaydiganlari Pensning o‘rnida boshqa, samaraliroq nomzod ish olib borishi mumkinligini ta’kidlab kelmoqda.

Trampning ayollar orasida obro‘si baland emas, shu bois u vitse-prezidentlikka ayol kishini tayinlash orqali vaziyatni o‘zgartirishi mumkin, deb yozmoqda gazeta muxbirlari. Xususan, ba’zi maslahatchilar vitse-prezident lavozimiga AQShnin BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylini tayinlashni tavsiya qilgan — Xeyli xonim 2018-yil oxirida BMTdagi lavozimidan ketadi.

O‘z navbatida Oq uy vakili Xogan Gidli The New York Times nashriga bergan rasmiy izohida “prezident Tramp vitse-prezident Pensni to‘la qo‘llab-quvvatlashi”ni aytib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют