» » “Real” hujum chizig‘i kuchaytiriladi, nomzod aniq

“Real” hujum chizig‘i kuchaytiriladi, nomzod aniq


Madridning “Real” klubi skautlari Ispaniya hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinini kuzatib bordi, deb xabar beradi Football Italia.

Unga ko‘ra, jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish istagida. Madrid klubi skautlari mazkur bahsda Bosniya v Gersegovina terma jamoasining 32 yoshli hujumchisi Edin Jekoni kuzatib borishgan. “Qirollik klubi” mutasaddilari Jekonining jamoa hujum chizig‘ini kuchaytira olishiga umid bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Jeko “Roma” klubiga 2015-yilda o‘tgandi. U joriy mavsum A Seriyaning 11 ta o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” “Real” bilan Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasi doirasida 27-noyabr sanasida to‘qnash keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют