» » MDHning intellektual mulk bozori tashkil etiladi

MDHning intellektual mulk bozori tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidentning 14-noyabrdagi PQ–4016-son qarori bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi bitim (2018-yil 1-iyun, Dushanbe) tasdiqlandi, deb xabar berdi Norma.

Intellektual mulk agentligi bitim doirasida O‘zbekistonning markaziy vakolatli organi etib belgilandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligi ham xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan o‘zlariga taalluqli qismi bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.

Ishtirokchilar hamkorlikni rivojlantirishga ahdlashib olgan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardir: sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar qiymatini baholash tizimlarini rivojlantirish va ularni boshqarish, shuningdek huquqlarni tijoratlashtirish davlatlararo mexanizmlarini ishga solish.

Bitim taraflarining birgalikdagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Intellektual mulkni huquqiy jihatdan himoya qilish masalalari bo‘yicha davlatlararo kengash tashkil etildi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2018-yilning 14-noyabrdan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют