» » Toshkentda “Lirika” sotuvchilari ustidan “samosud” aks etgan video sahnalashtirilgan bo‘lib chiqdi

Toshkentda “Lirika” sotuvchilari ustidan “samosud” aks etgan video sahnalashtirilgan bo‘lib chiqdi


Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar pregabalin va tramadol sotuvchilarni yechintirib, kechirim so‘rashga majbur qilgani aks etgan rolik tarqalgan edi. Kadr ortidagi ovozga ko‘ra, samosudni uyushtirgan yigitlar ikki erkakni jamiyatga qarshi jinoyatda ayblagan. Jarayon boshdan-oyoq videoga olingan, yechintirilgan erkaklarning bo‘ynida esa kechirim so‘ralgan yorliqlar osilgan. Ammo Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, videodagi barcha jarayon — sahna ko‘rinishi.

IIBB ushbu video yuzasidan tekshiruv boshlagan va unga aloqador yigitlardan birini topgan. Videoyozuv 2018-yil fevral oyida olingan, bu sahna ko‘rinishini tayyorlashdan maqsad — o‘smirlar va yoshlar orasida “Tramadol” va “Lirika” dori vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni qo‘rqitib qo‘yishdan iborat bo‘lgan.

IIBB bu holat bo‘yicha tekshiruvni davom ettirmoqda. Agar sizda bu videoga aloqadorlar haqida biror ma’lumot bo‘lsa, Toshkent militsiyasining (71) 281-90-91 va (71) 281-90-92 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling. “Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda. Shuningdek, “huquqbuzarlik, jinoyatchilik holatlariga duch kelsangiz, bu kabi O‘rta asrlarga xos “sud sahnalari”ni uyushtirmang, yo militsiyaga, yo boshqa huquq-tartibot organlariga xabar bering”, — deb qo‘shib qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют