» » Toshkentda “Lirika” va “Tramadol” dori vositalarining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi

Toshkentda “Lirika” va “Tramadol” dori vositalarining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi


Davlat bojxona qo‘mitasining kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston hududiga muqaddam aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan ko‘p miqdordagi “Lirika” nomli dori vositalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘tkazilgan tadbir davomida poytaxtda faoliyat yuritayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli dorixona sotuvchisi F. Isayev (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) mijozga 2 dona “Lirika” nomli dori vositasini har bir donasini 18 000 so‘mga nazorat kassa apparati chekisiz va shifokor retseptini talab qilmasdan sotayotganligi fosh etildi.

Ushbu dorixonani belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish davomida noqonuniy ravishda sotish uchun mo‘ljallangan jami 135 dona “Lirika” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Shuningdek, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Milliy xavfsizlik xizmati hamda davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Tramadol” dori vositasining oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi bir guruh shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Chilonzor tumanida ushbu shaxslar 201 ta konvalyutadagi jami 2010 dona “Tramadol” dori vositalarini 3 050 000 so‘m evaziga noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Shuningdek, tadbir davomida fuqaro A.Mirzayev o‘zining yashash xonadonidan yana 150 dona konvalyutadagi, jami 1500 dona “Tramadol” tabletkalarini ixtiyoriy ravishda topshirdi.

Ushbu holat bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan xolislar ishtirokida tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tadbir davomida aniqlangan jami 351 ta konvalyutadagi, 3510 dona “Tramadol” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют