» » “Tashabbus bolalar qo‘lida” aksiyasi doirasida toshkentlik bolalar Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

“Tashabbus bolalar qo‘lida” aksiyasi doirasida toshkentlik bolalar Yaponiya elchisi bilan uchrashdi


Toshkentda YuNISEF tomonidan Butunjahon bolalar kuniga atab tashkil qilingan “Tashabbus bolalar qo‘lida” aksiyasi doirasida maktab o‘quvchilari, shu jumladan, Daun sindromli bolalar, OITV bilan yashovchi bolalarni qo‘llab-quvvatlash guruhi ko‘ngillilari va ularning ota-onalari Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nobuaki Ito bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekistondagi YuNISEF vakolatxonasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Uchrashuvda barcha darajalardagi ta’lim sifati, atrof-muhit himoyasi, shu jumladan, Orol dengizini qutqarish choralari, shuningdek, o‘quv muassasalarida zo‘ravonlikning oldini olish  masalalari muhokama qilindi.

“Har bir bola va yosh qandaydir tug‘ma iste’dod sohibi. Eng asosiysi — o‘zi tabiatan qiziqadigan narsani topib, o‘z iste’dodini rivojlantirish”, — dedi Nobuaki Ito uchrashuvning yosh ishtirokchilariga murojaat qilar ekan.

“Bizga janob Ito bilan muloqot juda yoqdi. Biz o‘zimizni qiziqtirgan barcha savollarga javob oldik. Bunday uchrashuvlar tez-tez bo‘lib turishiga hamda bolalar va yoshlarning ovozi doim diqqat markazida bo‘lishiga umid qilamiz”, — dedi uchrashuv ishtirokchilaridan biri.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilingan kunga bag‘ishlangan Butunjahon bolalar kunida global tashabbusni qo‘llab-quvvatlash uchun YuNISEF bir nechta elchixonalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkentda “Tashabbus bolalar qo‘lida” aksiyasini o‘tkazmoqda.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya 1989-yil 20-noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan.

193 ta mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyada 18 yoshgacha bo‘lgan har bir inson jinsi, kelib chiqishi, dini va sog‘lig‘idagi cheklovlarga qaramay alohida g‘amxo‘rlik va himoyaga muhtojligi aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют