» » Toshkentda mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Toshkentda mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi


21-noyabr kuni Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamkorligida mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini rivojlantirish va raqamli muhitda kontrafakt va qaroqchilikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan subregional seminar o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Raqamli texnologiyalar, shu jumladan internetning jadal rivojlanishi barcha davlatlarning intellektual mulk tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda va bir paytning o‘zida raqamli muhitda intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarning samarali muhofazasi va himoyasi sohasida ham jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Ma’lumki, mualliflik huquqiga tegishli ko‘p turdagi obyektlarning (adabiy va musiqa asarlari, filmlar) raqamli formatga o‘tkazilishi, muzey kolleksiyalarining raqamli formatga o‘tkazilishi intellektual mulkning internetda keng targ‘ib qilish imkonini berdi.

Shuningdek, dasturiy ta’minot, patent qonunchiligi yoki mualliflik huquqi bo‘yicha qonunchilik tomonidan muhofaza qilinuvchi intellektual mulkning bir turi sifatida raqamli muhitda keng qo‘llanilmoqda.

Shunday qilib, raqamli muhit, shu jumladan internet tarmog‘i, bugungi kunda elektron savdo, ta’lim, madaniyat makoni, shuningdek mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bo‘yicha qonunchilik bilan muhofaza qilinadigan asarlarni tarqatish makoni bo‘lib xizmat qilmoqda. Boshqa tomondan esa bu axborot almashinuvi jadal kechayotgan tizim bo‘lib, bunda ko‘p holatlarda mualliflar va intellektual mulk egalari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmoqda.

Bunday sharoitda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga oid fundamental prinsiplarning raqamli muhitda amalga oshirilishi alohida ahamiyat kasb etadi, bu esa o‘z navbatida intellektual mulk muhofazasiga, bu sohada huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning kuchaytirilishini talab qiladi.

Seminarda aynan shu masalalarga, ya’ni mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning huquqiy muhofazasi, raqamli muhitda kontrafaksiya va qaroqchilikka qarshi kurashish masalalariga, shuningdek bu sohada tajriba almashishga qaratildi.

Seminarda Butunjahon intellektual tashkiloti huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Tomas Dillon, Londondan tashrif buyurgan huquqshunos Gay Tritton hamda O‘zbekiston Yuristlar malakasini oshirish respublika markazi kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi Boboqul Toshev spiker sifatida ishtirok etdi va mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘limi boshlig‘i Ilya Gribkov tadbir moderatori sifatida ishtirok etdi.

Seminar 22-noyabr kuni o‘z ishini yakunlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют