» » “Barselona” 2021-yilgacha “Liverpul”dan futbolchi olmoqchi bo‘lsa, 100 mln yevro qo‘shimcha bonus to‘laydi

“Barselona” 2021-yilgacha “Liverpul”dan futbolchi olmoqchi bo‘lsa, 100 mln yevro qo‘shimcha bonus to‘laydi


Filippe Koutinyoning “Barselona”ga o‘tish tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Koutinyo “Liverpul”dan “Barselona”ga o‘tayotganda mersisaydliklar sport direktori Maykl Edvards tashabbusi bilan kelishuvga mahfiy bandlar kiritilgan.

Unda qayd etilishicha, “Barselona” “Liverpul”dan 2021-yilgacha o‘yinchi sotib olmaydi. Agarda sotib oladigan bo‘lsa ham futbolchining narxidan tashqari yana qo‘shimcha 100 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi 8 yilda “Liverpul”ning uch futbolchisi — Xavyer Maskerano (2010), Luis Suares (2014) va Filippe Koutinyo (2018) “Barselona”ga o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют