» » UMS’ning yangi egasi “Raqamli ishonch” jamg‘armasi bo‘ladi

UMS’ning yangi egasi “Raqamli ishonch” jamg‘armasi bo‘ladi


Universal Mobile System uyali aloqa operatorining yangi egasi sentabr oyida tuzilgan Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jamg‘armasi “Raqamli ishonch” bo‘ladi. O‘zbekiston Prezidentining 21-noyabrda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, UMS ustav kapitalidagi davlatning 100 foiz ulushi bepul asosda jamg‘armaga beriladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Hujjatda qayd etilishicha, bunday qaror raqamli iqtisodiyotni tez suratlarda rivojlantirish, davlat boshqaruv tizimini rivojlantirish, undan foydalanish darajasini oshirish, zamonaviy infratuzilmani qo‘llash maqsadida qabul qilingan. Ayni paytda UMS‘ga 100 foizlik egalik Radioaloqa, radioshittirishlar va televideniye markaziga tegishli.

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentiligiga va “Raqamli ishonch” jamg‘armasiga ikki oy muddat ichida xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda 2019—2021-yillarda UMS’ni rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish topshirilgan. Konsepsiya samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari va mamlakatda raqamli iqtisdiyotni joriy qilish uchun texnik bazani yaratish bilan bir qatorda, quyidagi masalalarni ko‘zda tutishi kerak:

operator boshqaruvi tizimiga innovatsion menejmentni joriy qilish, shu jumladan, mobil xizmatlar ko‘rsatish sohasida yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni jalb qilish;

ichki kuch va vositalarni ishga solish, telekommunikatsion qurilmalarni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash;

O‘zbekiston butun hududining rivojlangan mamlakatlar darajasida internet tarmog‘iga to‘liq ulanishini bosqichma-bosqich ta’minlash;

barcha davlat xizmatlarini operatorning ma’lumotlarni qayta ishlash markazi orqali ko‘rsatilishini ta’minlash.

Mobil operatorga xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shu jumladan, faqat o‘z ehtiyojlari uchun IP telefoniyani qo‘llagan holda, boshqa operatorlar va provayderlarga ovozli telefoniya va internet trafik bo‘yicha xalqaro kanallarni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqisiz chiqish imkoni berildi.

UMS’ning bosh ofisi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar Nukus ko‘chasidagi binosida joylashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют