» » Bobir Oqilxonov “Raqamli ishonch” jamg’armasining texnologiyalar bo‘yicha investitsion direktori etib tayinlandi

Bobir Oqilxonov “Raqamli ishonch” jamg’armasining texnologiyalar bo‘yicha investitsion direktori etib tayinlandi


IT sohasi ishbilarmoni, axborot texnologiyalari bo‘yicha biznes-tahlilchi, investor Bobur Oqilxonov “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining texnologiyalar bo‘yicha investitsion direktor etib tayinlandi. Bu haqda Spot Loyiha boshqaruvi milliy agentligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

“Bizning birinchi galdagi vazifamiz — yuqori malakali IT mutaxassislar jamoasini yig‘ish va O‘zbekistondagi hayotning turli sohalarida “blokcheyn” texnologiyasini joriy qilish demakdir. IT-loyihalari va ularni amalga oshiruvchi sarmoyadorlar bilan ko‘p ishlar olib borishimizga to‘g‘ri keladi”, — deya ta’kidladi Bobir Oqilxonov.

Bobir Oqilxonov Toshkentda joylashgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro maktabni tamomlagan, Avstraliyadagi Charlz Styort universiteti (Charles Sturt University)ning bakalavr bosqichini axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan.

U Billur.com xosting-kompaniyasi asoschilaridan biri, Plov.com loyihasiga sarmoya kiritgan, “KupiOtpusk” va Blockcrunch Capital xolding kompaniyasiga asos solgan. Birinchi loyihasi: StudentFace Australia, asoschisi va bosh direktori.

Jamg’arma 2-sentabrda tashkil etilgan bo‘lib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarida investitsion, moliyaviy va boshqa resurslarni birlashtirishga qaratilgan.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi davlat-xususiy sherikchilik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid istiqbolli va strategik muhim, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-birjalar sohasidagi loyihalarni amalga oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют