» » Daniya Saudiya Arabistoniga qurol eksportini to‘xtatmoqda

Daniya Saudiya Arabistoniga qurol eksportini to‘xtatmoqda


Daniya Saudiya Arabistoniga harbiy qurilmalar eksportini to‘xtatadi. Bu haqda mamlakat TIVga tayanib, Associated Press agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Daniya Yamandagi vaziyatning yanada yomonlashganligi va saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi sababli Saudiya Arabistoniga harbiy qurilmalar eksportini to‘xtatadi”, — deya xabar beradi agentlik.

Daniya tashqi ishlar vaziri Anders Samuelsenning so‘zlariga qaraganda, Saudiya Arabistoni "hozirda bir qancha sohalarda o‘zini vayronkor tutmoqda.

Taqiq, shuningdek, ikki xil maqsadli mahsulotlar eksportiga ham daxl qiladi.

OAVlarining aniqlik kiritishicha, gap Daniya TIV tomonidan Saudiya Arabistoniga qurol eksporti uchun ruxsatnomalar berilishini to‘xtatishi haqida bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют