» » Reuters: AQSh Saudiya Arabistoniga 100 milliard dollarlik qurol yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Reuters: AQSh Saudiya Arabistoniga 100 milliard dollarlik qurol yetkazib berishni rejalashtirmoqda


AQSh Saudiya Arabistoniga qiymati 100 milliard dollardan ortiq qurollarni yetkazib berish bo‘yicha bir nechta bitimlarni amalga oshirishga yaqin turibdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, o‘n yil davomida oxir-oqibat bitimning umumiy qiymati 300 milliard dollardan oshishi mumkin. AQSh kelishuv doirasida Saudiya Arabistoniga mudofaa qobiliyatini oshirishiga yordam berishni rejalashtirmoqda.

Agentlikning ta’kidlashicha, shu bilan birga AQSh Isroilga “uning qo‘shnilari ustidan harbiy ustunligini saqlagan holda” yordam berishni davom ettirmoqchi.

Bitimlar paketi Donald Trampning kelgusi haftaga mo‘ljallangan Saudiya Arabistoniga tashrifi oldidan ishlab chiqilmoqda.

Bloomberg’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Ar-Riyod AQSh hududidagi infratuzilmaviy loyihalarga taxminan 40 milliard dollar kiritish niyatida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-05-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют