» » “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari a’zolari yordamida 53 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari a’zolari yordamida 53 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi va “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda oilaviy marosimlarni tartibga solishda keksa avlod vakillarining o‘rni” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda soha mutasaddilari, “Nuroniy” jamg‘armasi, Ichki ishlar vazirligi xodimlari, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi hamda a’zolari, mahalla raislari, profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.

Seminarda ijtimoiy faol keksa avlod vakillarini jinoyat sodir etishga moyil, profilaktik hisobda turgan, tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlar va yoshlar, notinch oilalar farzandlari va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga biriktirishning ahamiyati katta ekani qayd etildi.

Mamlakatda amalga oshirilgan profilaktik ishlar natijasida joriy yilning o‘tgan o‘n oyida sodir etilgan jinoyatlar soni 2017-yilga nisbatan sezilarli darajada kamaygan. 2018-yilning o‘tgan vaqti davomida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari a’zolarining xabari yordamida 53 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan.

O‘z xizmat faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashgan, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilishiga yo‘l qo‘ymagan, shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklarni ochishda yordam bergan 756 nafar “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi a’zolari rag‘batlantirilgan, shunday fidoyi posbonlarning 120 nafari ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilingan.

Tadbirda bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, jinoyatchilikning oldini olish, tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish, to‘y va boshqa oilaviy marosimlarni ixchamlashtirishda keksa avlod vakillarining faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют