» » “Tottenhem”—“Chelsi”, “Vest Hem”—“Man Siti”. APL 13-tur o‘yinlari anonsi

“Tottenhem”—“Chelsi”, “Vest Hem”—“Man Siti”. APL 13-tur o‘yinlari anonsi


24-noyabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 13-tur bahslari boshlanadi.

APLda 32 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan Xosep Gvardiola boshchiligdagi “Manchester Siti” mazkur turda Manuel Pellegrini qo‘l ostidagi “Vest Hem” maydoniga safar qiladi.

30 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan Yurgen Klopp shogirdlari — “Liverpul” esa safarda 7-o‘rinni band etib turgan “Uotford” mehmoni bo‘ladi.

Joze Mourinyo qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Kristal Pelas”ni mehmon qiladi.

Turning markaziy o‘yini esa Londonda kechadi. Unda “Tottenhem” o‘z maydonida “Chelsi” bilan bahs olib boradi. Qayd etish joiz, “Chelsi” “Tottenhem”dan 1 ochko ko‘proq jamg‘arib 28 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda. “Tottenhem” esa 27 ochko bilan 4-o‘rinni band etib turibdi.

Londonning “Arsenal” jamoasi esa o‘z uchrashuvini 25-noyabr, yakshanba kuni “Bornmut”ga qarshi safarda o‘tkazadi.

Musobaqa jadvalidagi 13-turdan oldingi holat

Angliya premyer ligasi

13-tur bahslari

24-noyabr, shanba

25-noyabr, yakshanba

26-noyabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют