» » Xalq ta’limi vazirligida M&C Saatchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xalq ta’limi vazirligida M&C Saatchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligida M&C Saatchi kompaniyasi xalqaro biznes va maxsus loyihalar direktori Sabrina Xeyneki bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Mehmonni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov qabul qildi va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadlari haqida so‘zlab berdi.

Vazirlik maktablarda zamonaviy metodologiyalar asosida xorijiy tillarni va informatika fanlarini o‘qitishni kuchaytirib, maktab bitiruvchilariga axborot texnologiyalari sohasida munosib ish topish imkoniyatini yaratish niyatida ekanligi ta’kidlandi.

Sabrina Xeyneki VR/AR texnologiyalari asosida xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha yangi mahsulot haqida gapirib berdi. Shu bilan birga, u bolalarni iste’dodini aniqlovchi va ularni ma’lum bir mutaxassislikka tayyorlovchi kompaniyalar haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ushbu kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istagi borligi aytib o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют