» » Qashqadaryoda yong‘inlar oqibatida 7 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 51 kishi tan jarohati oldi

Qashqadaryoda yong‘inlar oqibatida 7 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 51 kishi tan jarohati oldi


Qashqadaryo viloyatida joriy yilning 10 oyida 899 ta yong‘in qayd etildi. Ularning oqibatida 7 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 51 kishi tan jarohati oldi, deya xabar beradi O‘zA.

— Aksariyat hollarda yong‘in chiqishiga e’tiborsizlik sabab bo‘ladi, — deydi viloyat IIB YoXB boshlig‘i, polkovnik Farhod Mirzayev. — Misol uchun, joriy yil 8-avgust kuni Shahrisabz tumani, Mug‘iltoy qishlog‘ida yashovchi Tirkash Ravshanovning (ism-shariflar o‘zgartirilgan) hovlisidagi somonxonada yong‘in sodir bo‘lib, somonxonaning tom qismi va ichidagi somon g‘arami yonib ketgan. Voqea joyidan uy egasining 7 yoshli nabirasining kuygan jasadi topildi. Aniqlanishicha, yong‘in o‘sha qizaloqning somonxonaga kirib, gugurt o‘ynashi oqibatida sodir bo‘lgan.

1-oktabr kuni taxminan soat 01:45 larda Qarshi shahri, Navo mahallasi, Yangi darvoza ko‘chasida yashovchi Shoto‘ra Toyqarayevning uyida yong‘in chiqib, xonadon egasining bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi. Mazkur yong‘inga marhumning mast holda sigaret chekib, uxlab qolishi sabab bo‘lgan.

Tahlillarga ko‘ra, bu kabi noxush holatlarning 70 foizi aholi turar joylariga to‘g‘ri kelmoqda va bunda gaz hamda elektr bilan bog‘liq noxush holatlarning ham hissasi bor. aholining nosoz isitish qurilmalaridan foydalanishi oqibatida is gazidan zaharlanish holatlari ham uchrab turibdi. Jumladan, joriy yil 4-noyabr kuni Shahrisabz tumani To‘damaydon mahallasida yashovchi B.K. is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют