» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari shayligi tekshiruvining birinchi kunidan fotoreportaj

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari shayligi tekshiruvining birinchi kunidan fotoreportaj


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga binoan 26-noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligini tekshirish uchun keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari boshlangan edi. Unga asosan Mudofaa vazirligi qo‘shinlari “Trevoga!” signali bo‘yicha ko‘tarildi. Ushbu o‘quv mashg‘uloti 30-noyabrga qadar, besh kun davomida o‘tkaziladi. Unda Mudofaa vazirligining barcha qo‘shinlari qatnashmoqda, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Qo‘qqisdan tekshiruvning asosiy maqsadi — joriy yil davomida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari va boshqaruv organlarida amalga oshirilgan ishlarni baholash hamda tahlil qilishdan iborat. Qo‘shinlar qo‘llanilishi bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilangan muddat ichida bajarishlari, ya’ni harbiy xizmatchilarning o‘quv-jangovar topshiriqlarni amalga oshirishi va nostandart qarorlarni qabul qilishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatishlari lozim.

Bunga qadar harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi faqatgina harbiy okruglar miqyosida tekshirilgan. Bu kabi keng ko‘lamli qo‘qqisdan tekshiruvlar O‘zbekiston armiyasida avval o‘tkazilmagan.

Qo‘qqisdan tekshiruv davomida qo‘shinlar harakati ustidan nazorat va tahlilni maxsus tuzilgan Hukumatlararo ishchi komissiyasi olib bormoqda.

O‘quv mashg‘ulotining birinchi kunida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari avto hamda zirhli texnika vositalari tarkibida belgilangan hududlarga kolonna shaklida marshni amalga oshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют