» » MB: Esdalik tangalar narxi 27-noyabr kuni e’lon qilinadi

MB: Esdalik tangalar narxi 27-noyabr kuni e’lon qilinadi


O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarini sotib olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarni eslatib o‘tdi.

Sotuvga qo‘yilgan esdalik tangalar narxi 27-noyabr kuni e’lon qilinadi va sotuv boshlanadigan kun — 28-noyabrdan kuchga kiradi.

Kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki esdalik tangalar sotuv narxini har haftada kamida bir marta belgilaydi.

Sotib olish paytida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmaydi. Esdalik tangalarini rezident va norezidentlar sotib olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют