» » Xitoyda geni o‘zgartirilgan bolalar tug‘ilganligi holati tekshiriladi

Xitoyda geni o‘zgartirilgan bolalar tug‘ilganligi holati tekshiriladi


Xitoy sog‘liqni saqlash va tug‘ruqni rejalashtirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi mamlakatda geni o‘zgartirilgan chaqaloqlar tug‘ilganligi holatini tekshiradi, deb xabar berdi “Zakon.kz”.

“11-noyabr kuni OAVda OITSga immunitetli geni o‘zgartirilgan chaqaloqlar tug‘ilgani haqida xabarlar e’lon qilindi. Qo‘mita ushbu ma’lumotni sinchiklab o‘rganadi. Guandun provinsiyasida ushbu holat yuzasidan qattiq tekshiruv o‘tkaziladi”— deyiladi xabarda.

Qo‘mita holat qonun doirasida nazoratga olinishi zarurligini qayd etgan.

Avvalroq, xitoylik olim Xe Szyankuy insoniyat tarixidagi ilk inson embrioni DNKsini o‘zgartirish jarayonida ishtirok etganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 14:15)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют