» » O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlari spikerlari hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlari spikerlari hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi, deb xabar beradi Qonunchilik palatasi axborot xizmati.

Tashrif dasturiga ko‘ra, 26-noyabr kuni delegatsiya a’zolari Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi Nurlan Nigmatullin bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov ta’kidlab o‘tganidek, turli darajadagi aloqalarning faollashuvi ikkala mamlakatning ko‘pqirrali munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini anglatadi. Bugungi kunda ushbu munosabatlar parlamentlar hamkorligi yo‘nalishida ham izchil rivojlanib bormoqda. Mazkur tashrif ham uning amaldagi yorqin ifodasidir.

“Bugun Prezidentlar Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyevning o‘zaro bir-birini va qalin do‘stlikka asoslangan hamkorlikdagi samarali faoliyati sharofati bilan Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida barcha sohalarda ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga mustahkam asos yaratilmoqda. Bu esa qozoq va o‘zbek parlamenti a’zolarining hamkorligi hamda o‘zaro faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi”, – deydi Nurlan Nigmatullin.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Qozog‘iston Respublikasi Parlamentining Majlisi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Ikki mamlakat parlamentlari davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda faollik bilan o‘z hissasini qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют