» » Fuqarolar Toshkentdagi yaroqsiz holatga kelib qolgan Farg‘ona yo‘li ko‘chasini ta’mirlashni so‘ramoqda (foto)

Fuqarolar Toshkentdagi yaroqsiz holatga kelib qolgan Farg‘ona yo‘li ko‘chasini ta’mirlashni so‘ramoqda (foto)


“Daryo” nashriga toshkentlik fuqaro G‘aniyev Rasuljondan murojaat kelib tushdi. Unda poytaxtning Farg‘ona yo‘li ko‘chasi avtotransport vositalari yurishi uchun yaroqsiz holatga kelib qolgani, uni ta’mirlash zarurligi aytiladi. Murojaatnomani to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

“2018-yil noyabr oyi boshlarida Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Muxtor Ashrafiy va Alimkent ko‘chalari kesishgan joyida avtomobil yo‘li bir necha yillardan beri juda yomon ahvolda edi, bu holat bo‘yicha fuqarolar “Daryo”ga murojaat qilishgan edi. “Dary” tahririyatida ushbu holat tanqidiy  yoritilgandan so‘ng mahalliy hokimiyat ma’sul xodimlari tomonidan tezkor tartibda, ya’ni “Daryo” da yoritilgandan 2 kun o‘tib necha yillardan beri asfalt ko‘rmagan yo‘llar asfalt qilinib tekislab qo‘yildi. Mana, hozirgi kunda haydovchilar qiynalmasdan yurmoqda.

Men Sizga murojaat qilishimdan maqsad, yana bir shu kabi holatga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana necha yildirki, Mirobod va Yashnobod tumanlari chegarasida joylashgan Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Biz oddiy fuqarolar yaxshi orzu-niyatlarda sotib olgan avtotransportlar, davlat budjeti hisobidan xarid qilingan yo‘lovchi tashish avtobuslari va boshqa texnikalarning texnik holatiga judayam salbiy ta’sir qilmoqda. Biz fuqarolar iloji boricha o‘sha ko‘chadan yurmaslikka harakat qilamiz, lekin majburmiz. Taksi to‘xtatib o‘sha hududga buyurtma bersangiz, u tomonda yo‘llar yomonligi sababli yurmasligini yoki qimmat narxlarda xizmat ko‘rsatishini bildirishadi.

Yaqinda mahalliy televideniye orqali ham bu mavzuda tanqidga uchraganda ma’sul shaxslar Farg‘ona yo‘li ko‘chasida ta’mirlash ishlarini boshlashganligini aytib, qisqa kunlar ichida “poytaxt markaziy ko‘chalaridan biri bo‘lgan” ushbu ko‘chaning kapital ta’mirlanib foydalanish uchun topshirilishini bildirishdi. Lekin, mana bir oydirki, hech qanaqa ta’mirlash ishlari olib borilmayapti.

Oldinda qahraton qish, oddiy xalq shunday kunlarda shu ko‘chada avtotransport buzilib moddiy va ma’naviy zarar ko‘rmasligini ta’minlash maqsadida, Sizdan fuqarolar, shaxsiy mulk egalari, ko‘pchilik haydovchilar nomidan shu holat yuzasidan murojaatimiz tegishli ma’sul shaxslarga yetib borishida va ijobiy hal bo‘lishida amaliy yordam berishingizni iltimos qilib qolaman”, — deyiladi murojaatnomada.

Holat yuzasidan fotosuratlar ilova qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют