» » Farg‘onada 4 ming litr gaz kondensati bilan qo‘lga tushgan fuqaro IIB xodimiga 1000 dollar pora taklif qildi

Farg‘onada 4 ming litr gaz kondensati bilan qo‘lga tushgan fuqaro IIB xodimiga 1000 dollar pora taklif qildi


Farg‘onada IIB xodimiga 1000 dollar pora bergan fuqaro ushlandi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

Viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili tomonidan Farg‘ona shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. neft qazib olishda foydalaniladigan qariyb 4000 litr gaz kondensatini “Gaz-53” rusumli yuk avtomashinasida noqonuniy ravishda olib ketayotgani aniqlangan. Mazkur noqonuniy “yuk” Farg‘ona tumanida joylashgan “Andijonneft” AJga qarashli “Rishtonneftgazkon” bo‘limining “Chimyon” neft qazib olish uchastkasiga yetkazilishi kerak bo‘lgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgan vaqtda, to‘plangan hujjatlarni sudga chiqarmaslik, ishni fuqaro A.A. foydasiga ijobiy hal qilish hamda “Andijonneft” AJning ma’sul xodimlarini surishtiruv ishlariga jalb etmaslik evaziga gumonlanuvchi o‘z tanishi M.F. orqali viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakiliga 10 million so‘m pora taklif qilgan.

Tezkor vakilning bildirgisiga asosan IIV o‘z xavfsizlik boshqarmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida fuqaro M.F. Farg‘ona viloyati hokimligiga qarashli avtoturargoh oldida tezkor vakilga 1000 dollarni pora tariqasida bergan vaqtida qo‘lga olindi.

Surishtiruv jarayonida fuqaro M.F. “Andijonneft” AJga qarashli “Rishtonneftgazkon” bo‘limi xodimlaridan hujjatlarni tergovga chiqarmaslik evaziga 3000 dollar to‘plab olganligini, 1000 AQSh dollarini tezkor vakilga pora tariqasida berishni rejalashtirib, qolgan 2000 AQSh dollarini xizmat haqqi evaziga olib qo‘yganligini bildirgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют