» » Markaziy bank: “qora bozor” mavjud bo‘lishining monetar sababi yo‘q

Markaziy bank: “qora bozor” mavjud bo‘lishining monetar sababi yo‘q


Markaziy bank monetar siyosati “qora” valyuta bozori mavjud bo‘lishiga imkoniyat yaratmaydi. Bu haqda 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan birifingda Markaziy bank Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori Bobir Abubakirov aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Valyutani noqonuniy sotish yoki sotib olish uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi qonun loyihasini izohlar ekan, u banklar valyutani cheklovlarsiz sotayotganini, va “qora bozor” mavjud bo‘lishi uchun iqtisodiy sabablar bo‘lishi mumkin emasligini aytdi.

“Kurs har kuni talab va taklifdan kelib chiqish belgilanmoqda. Banklar jismoniy shaxslarga valyutani cheklovlarsiz sotmoqda”, — dedi u.

Bobir Abubakirovning so‘zlariga ko‘ra, “qora bozor” faoliyati “fiskal siyosatning muayyan jihatlari” bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

“Ba’zi tadbirkor (nazorat qilinmaydigan) mayda import bilan shug‘ullanib, budjetga to‘lovlar to‘lashdan qochish maqsadida chegaradan o‘tishda o‘z tovarlarini bekitishi mumkin, bu esa xorijiy valyutaga tegishlicha talabni keltirib chiqaradi”, — deb hisoblaydi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют