» » O‘zbekistonda yil oxirigacha 1000 dan ziyod yangi bankomat o‘rnatiladi

O‘zbekistonda yil oxirigacha 1000 dan ziyod yangi bankomat o‘rnatiladi


2018-yil oxirigacha O‘zbekistonda xalqaro plastik kartalarga xizmat ko‘rsatish uchun 1045 ta bankomat o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 28-fevral, chorshanba kungi Xalqaro press-klub majlisida Markaziy bank Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori Bobir Abubakirov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bankomatlar tun-u kun ishlaydi, mijozlar esa nafaqat xorijiy valyutadagi, balki so‘mdagi pullarni ham naqdlashtirib olishi mumkin.

Mart oyidayoq sayyohlar tashrif buyuradigan joylarga, shuningdek, ko‘chalar, bozorlar va savdo markazlariga 200 dan ortiq bankomat o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Xalqaro tizimlar kartalarini qabul qilish uchun to‘lov terminallari Visa, Mastercard va boshqa tizimlar bilan integratsiyalanadi. “Buni biz tez orada amalga oshiramiz”, — dedi Bobir Abubakirov.

U mamlakatdagi oltita bank UnionPay kartalari bilan to‘lov qabul qilishni allaqachon ishga tushirganini qo‘shib qo‘ydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют