» » Asia Alliance Bank va GlobUz bankomatda valyuta ayirboshlashni ishga tushirdi

Asia Alliance Bank va GlobUz bankomatda valyuta ayirboshlashni ishga tushirdi


Asia Alliance Bank Yagona xalqaro protsessing markazi (GlobUz) bilan hamkorlikda valyuta ayirboshlash operatsiyasi funksiyasiga ega O‘zbekistondagi birinchi bankomatni taqdim etdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmasi 15-yanvar kuni ishga tushirildi.

Asia Alliance Bank bosh ofisida joylashgan, bugungi kundagi yagona bankomat naqd AQSh dollarini naqd so‘mga ayirboshlash imkonini beradi. Tez orada bankning barcha filiallarini va filialdan tashqari nuqtalarni bunday valyuta ayirboshlash bankomatlari bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.

Ayirboshlash punkti kursi bo‘yicha naqd pulni ayirboshlashni bank xodimlari ishtirokisiz amalga oshirish mumkin, bu esa xizmatni tun-u kun taqdim etish imkonini beradi. Yaqin vaqtlarda yevro va Rossiya rublini ayirboshlash ishga tushiriladi.

“Texnik jihatdan olib qaraganda, tizim teskari operatsiyalarni ham amalga oshira oladi, ammo bitta nyuans bor — yangi 10 ming va 50 minglik kupyuralar bankomatlarni ishlab chiquvchilar bazasida hali mavjud emas, bu esa kupyuraning haqiqiyligini tekshirish imkonini bermaydi. Ayni paytda ushbu kupyuralarni bazaga kiritish ishlari olib borilmoqda, bu tez orada amalga oshadi, deb o‘ylayman. Agar naqd chet el valyutasini sotishga qonuniy tarzda ruxsat berishsa, bunday funksiyani ham amalga oshirish mumkin”, — dedi Yagona xalqaro protsessing markazi bosh direktori Shuhrat Qurbonov.

Chiqarib beriladigan so‘mlar 1000, 5000, 10 000 va 50 000 so‘m nominalli 2000—2500 ta banknotali to‘rtta kassetada saqlanadi. “Faqat bitta cheklov bor — bankomat bir martada 40 ta banknota, taxminan 240 dollar chiqarib berishi mumkin. Statistikaga ko‘ra, odamlar ko‘pincha ayirboshlash punktida 100—300 dollar ayirboshlaydi”, — dedi GlobUz rahbari.

Hozirda bankomatlar GlobUz kartalarini ham qabul qiladi, ammo yaqin oylar ichida Visa, Master Card va UnionPay kartalarini ham integratsiya qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Yagona umumrespublika protsessing markazi (UzCard) bilan integratsiyalashuv bo‘yicha ishlar ham olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют