» » Nyu-York aeroportida AQSh Prezidentining samolyoti layner bilan to‘qnashib ketdi

Nyu-York aeroportida AQSh Prezidentining samolyoti layner bilan to‘qnashib ketdi


AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsiy layneri Nyu-Yorkning La-Guardiya aeroportida boshqa samolyot bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa kecha, 28-noyabr kuni ertalab, ikki motorli Bombardiyer Global Express layneri turargoh tomon harakatlanayotganda Trampning to‘xtab turgan Boeing 757 samolyoti qanotiga tegib ketgan.

Tramp mazkur Boeing 757 layneridan saylovoldi kampaniyasi davrida harakatlangan. Bombardiyer Global Express layneri bortida uch nafar ekipaj a’zolari bo‘lib, ulardan hech biri jabrlanmagan.

Tramp Organization kompaniyasi hodisani tasdiqladi hamda samolyot turargohda foydalanilmay turganligini qayd etdi.

Nyu-York va Nyu-Jersi aeroportlarining port boshqarmasi hodisa aeroport faoliyatiga mutlaqo ta’sir qilmaganligini ma’lum qildi. Samolyotlarga yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют