» » Surxondaryoda Kanadaga ishga jo‘natishni va’da qilib, salkam 20 ming dollarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoda Kanadaga ishga jo‘natishni va’da qilib, salkam 20 ming dollarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi Abdurahmon Jomiy mahallasida yashovchi Samandar Rahimov (ism-shariflar shartli) 2016-yilning dastlabki oyida mo‘maygina daromad topishning turli yo‘llarini cho‘tlab ko‘radi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

U soddadil yigitlarni avrab, xorijga ishlash uchun jo‘natishni quyuq va’da berish orqali ularni chuv tushirishni rejalashtiradi.

Shu maqsadda “Baynalmilal” mahallasi yashovchi Nasiba Ziyodovaning biryo‘la ikki o‘g‘liga o‘zini uddaburon, qo‘li uzun odam sifatida ko‘rsatadi. Gap orasida Kanada davlatiga ishlash uchun yuborish o‘zi uchun hech gap emasligini aytib qo‘yadi. Lekin, bu ishlar xizmat haqisiz amalga oshmasligini ham uqtiradi. Shunday qilib, N.Ziyodovaning uyi oldida ikki o‘g‘lini Kanadaga ishlash uchun yuborish maqsadida naqd 19 ming 240 dollarni sanab oladi.

Qariyb ikki yildan buyon o‘g‘illarini xorijga jo‘natishni kutaverib charchagan onaizor yaqinda Samandarga uchrashgach, masala oydinlashib qoladi. U olgan mablag‘ini allaqachon o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan ekan. Shundan so‘ng N.Ziyodova ichki ishlar idorasiga murojaat etib, bo‘lib o‘tgan voqeani ma’lum qiladi.

Ushbu holat bo‘yicha 30 yashar S.Rahimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют