» » O‘zbekistonda yoshlar kovorking markazlari va mehnat guzarlari qurish uchun davlat obyektlari “nol” xarid qiymatida beriladi

O‘zbekistonda yoshlar kovorking markazlari va mehnat guzarlari qurish uchun davlat obyektlari “nol” xarid qiymatida beriladi


“Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

“Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida;

“Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasining ishtirok etishi tartibi to‘g‘risida.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kovorking markazlari yoki mehnat guzarlarini qurish (joylashtirish) istagini bildirgan xususiy sherik tuman (shahar) hokimligiga ariza bilan murojaat qiladi.

Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun aholi punktlari tarkibiga kiradigan yer uchastkalari ajratiladi.

Shuningdek, ushbu hujjat bilan kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan obyektlarni “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi belgilandi.

Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurishda qurilish qiymatining 30 foizigacha bo‘lgan qismi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют