» » Xitoyda embrion DNKsi bilan tajribalar vaqtincha taqiqlandi

Xitoyda embrion DNKsi bilan tajribalar vaqtincha taqiqlandi


Xitoy fan va texnologiya vazirining o‘rinbosari Syuy Nanpinning ma’lum qilishicha, vazirlikka embrion DNKsini tahrir qilish bilan bog‘liq barcha tadqiqotlarni to‘xtatish topshirilgan. Bunga xitoylik olim Xe Szyankuyning tarixdagi birinchi DNKsi o‘zgartirilgan egizak qizaloqlar tug‘ilgani haqidagi bayonoti sabab bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xitoylik mansabdorning aytishicha, bu qonunga xilof va etik me’yorlarga teskari, buni qabul qilib bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda bu yo‘nalishdagi barcha tadqiqotlar to‘xtatilgan.

Xitoylik olim Xe Szyankuy DNKsi o‘zgartirilgan ikkinchi homila embrioni haqida ma’lum qildi. Genetik avvalroq DNKsi o‘zgartirilgan egizak qizaloqlar tug‘ilganini aytgan. Ularning organizmi OIV virusiga qarshi tura oladi.

Olim joriy haftada dunyo hamjamiyatini hayratga tushirgan va o‘z hamkasblari hamda hukumat tarafidan jddiy tanqidga uchragan. Xitoy sog‘liqni saqlash va rejali bolalar tug‘ilishi davlat qo‘mitasi holat yuzasidan tekshiruv boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 07:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют