» » Rossiyada Iisus Xristos ismli erkakni Putin qabuliga kirgizishmadi

Rossiyada Iisus Xristos ismli erkakni Putin qabuliga kirgizishmadi


Iisus Iosifovich Xristos ismli moskvalik erkak Aleksandrskiy bog‘ida to‘polon ko‘tardi va Rossiya prezidenti xonasiga bostirib kirishga urindi, deb yozadi TJournal.

Erkak 28-noyabr kuni Aleksandrskiy bog‘iga kelgan va o‘tkinchilarning tinchini buzgan. U tobutda yalang‘och yotgani va bir o‘lib tirilganini aytib baqirgan.

Uning yoniga politsiyachilar kelganida esa Iisus Vladimir Putinning oldiga kirishi kerakligini aytgan.

Erkak Putinga bayroq berishi va qabrda qanday tush ko‘rganini so‘zlab berishini ma’lum qilgan.

Huquq-tartibot organlari xodimlari Iisusni bo‘linmaga olib borgan. U yerda ham to‘polon ko‘targanidan so‘ng esa tez yordam chaqirilgan va maxsus kasalxonaga olib ketilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют