» » O‘zbekistonda noqonuniy ravishda yiliga o‘rtacha 1 tonnaga yaqin oltin qazib olinyapti

O‘zbekistonda noqonuniy ravishda yiliga o‘rtacha 1 tonnaga yaqin oltin qazib olinyapti


Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi materiallarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida noqonuniy ravishda qimmatbaho metallarni qazib olish tizimli tus olgan bo‘lib, ularning yashirincha aylanishi va chet ellarga olib chiqib ketilish holatlari ham kuzatilmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Masalan, 2015-yildan 2018-yilning o‘tgan 10 oyi davomida oltin va boshqa qazilma boyliklarni noqonuniy qazib olish bo‘yicha 547 nafar kishiga nisbatan 214 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu esa bizning ya’ni xalqning rizqi kesilyapti, boyligimiz o‘zgalarning cho‘ntagiga tushyapti, degani.

“Noqonuniylik natijasida yiliga o‘rtacha 1 tonnaga yaqin oltin qazib olinyapti. Ayni mavsum pallada 10 ming odam shu ish bilan shug‘ullanmoqda. Bu esa davlatning iqtisodiyotiga jiddiy ziyon yetkazmoqda, — deydi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Hayitboy Omonov.

Prezident tomonidan imzolangan “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu kabi muammolarga chek qo‘yadi. Qaror bilan 2019-yilning 1-martidan boshlab qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida amalga oshirishga ruxsat beriladigan bo‘ldi.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bilan shug‘ullanishni istagan yuridik va jismoniy shaxslarga yer qa’ri uchastkalari, shu jumladan, o‘lchamlari 1 gektardan ortiq bo‘lmagan maydonda sochma oltin konlari taqdim etiladi. Buning uchun ular “E-IJRO AUKSION” maydonchasida o‘tkaziladigan elektron auksion orqali olinadigan litsenziyaga ega bo‘lishlari lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют