» » O‘zbekistonda xususiy oltin izlovchilar faoliyati legallashtiriladi

O‘zbekistonda xususiy oltin izlovchilar faoliyati legallashtiriladi


Oltin zahiralari uch tonnadan ortiq bo‘lgan yer osti boyliklarini o‘z ichiga olgan 590 ga maydonni tashkil qiladigan maydon borligi ma’lum. Bu haqda Spot xabar berdi.

O‘zbekistonda oltin izlovchilar uchun yetarli hududlar mavjud, bu haqda Prezidentning qimmatbaho metallarni qazib olishni legallashtirish to‘g‘risidagi qaroriga sharhda “O‘zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilindi.

Ushbu oltinni sanoat usulida izlab topishning imkoni yo‘q, bu ishni faqat xususiy oltin izlovchilar amalga oshirishi mumkin.

“Asosan tog‘ hududlarida 75,5 ming ga taxminiy uchastkalar mavjud bo‘lib, harakat qilingan taqdirda katta ehtimol bilan qimmatbaho metallarni izlab topish mumkin”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda juda ko‘p oltin zahiralari mavjud bo‘lgan, sanoat usulida qazib olish imkoni juda past bo‘lgan hududlar bor. Oltin izlovchilar bu yerlardan oltin qazib olish noqonuniy ekanligini bilsa ham qazib olishadi.

Navoiy, Samarqand, Buxoro viloyatlarining ayrim hududlarida bu tizimli xarakterni kasb etgan. Oltin izlovchilar tomonidan qazib olingan oltin esa noqonuniy tarzda qora bozorga ketadi yoki mamlakatdan noqonuniy olib chiqiladi.

Endilikda noqonuniy oltin izlovchilar qonuniy tarzda faoliyat yuritishlari kutilmoqda — buning uchun litsenziya olish kifoya. Litsenziya onlayn-auksionda sotiladi, boshlang‘ich baho — 7,5 million so‘m. Uni 10 kun ichida olish mumkin. Muddati — uch yil. Boshqa hech qanday hujjatlar talab etilmaydi.

Agar topilgan oltin yashirilgani, texnik xavfsizlikka amal qilinmaganligi aniqlansa, litsenziya bekor qilinadi, oltin izlovchiga esa ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish bir yilga taqiqlanadi.

Qazib olingan oltinni kelishilgan narxlarda tog‘-metallurgiya kombinatlariga, shuningdek zargarlik kompaniyalariga sotish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют