» » Yaponiyada muzeyga tushgan o‘g‘ri haqiqiy kumush yombilardan ko‘ra qalbaki oltinni ma’qul ko‘rdi

Yaponiyada muzeyga tushgan o‘g‘ri haqiqiy kumush yombilardan ko‘ra qalbaki oltinni ma’qul ko‘rdi


Yaponiyada o‘g‘ri muzeydan qalbaki oltinni o‘g‘irlab ketgan, biroq haqiqiy kumush yombilariga tegmagan, deb xabar bermoqda “TASS”.

Voqea 17-aprel kechasi Sado shahridagi Aikava o‘lkashunoslik muzeyida sodir bo‘lgan. Muzeydan ushbu hududda qachonlardir oltin hamda kumush qazib olish rivojlangan davr tarixi haqida so‘zlovchi buyumlar joy olgan.

O‘g‘ri oynani sindirib muzey ichiga kirgan. U shuningdek, Sado shaxtasidan qazib olingan oltinlarning beshta aniq nusxasi (har biri bir kilogramm keladigan) va umumiy miqdorda 90 kilogramm keladigan haqiqiy kumush bo‘lagi joylashgan vitrina oynasini ham sindirgan. Bundan tashqari u yerda katta oltin rudasi ham bor bo‘lgan. Haqiqiy qimmatbaho metallar o‘g‘rining e’tiborini tortmagan, u faqat qalbakilarini o‘g‘irlab ketgan.

Politsiyaning taxminicha, o‘g‘ri nusxalarni haqiqiy oltin deb o‘ylagan. Hozirda o‘g‘irlik yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 127) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют