» » Dubaydagi har beshta iPhone’dan bittasi qalbaki ekanligi aniqlandi

Dubaydagi har beshta iPhone’dan bittasi qalbaki ekanligi aniqlandi


Dubayga qalbaki telefonlar, o‘yin konsollari hamda boshqa elektronika butun dunyodan olib kelinadi. Asosan Amerika brendlari mahsulotlari, masalan, Apple kompaniyasi smartfonlari qalbakilashtiriladi, deb xabar berdi UAE Inside.

Iqtisodiy taraqqiyot tashkilotining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Dubayda rasmiy bo‘lmagan vakillardan sotib olingan har beshta iPhone’dan bittasi qalbaki bo‘lib chiqishi mumkin. O‘yin konsollari orasida bu ko‘rsatgich to‘rtdan birga teng.

Qalbaki qurilmalarning ko‘rinishi  originalidan farq qilmasligi mumkin, biroq haqiqiy ehtiyot qismlar ko‘pincha arzon va past sifatlisiga almashtirilgan bo‘ladi. Bu esa inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qalbaki mobil qurilmalar soni shu qadar ko‘pki, 2016-yilning sentabr oyidan yanvariga qadar 12 million qalbaki smartfon hamda aksessuarlar musodara qilingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют